O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “ATR” fransuz-italyan aviakonsernining Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyoda savdolar bo‘yicha vitse-prezidenti Jerom Gabori boshchiligidagi delegatsiya bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Chet ellik hamkorlar ATR kompaniyasining mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi, xususan ATR Aircraft kompaniyasining marketing bo‘yicha menejeri Andjuli Devild “ATR 72-600” mintaqaviy samolyotining texnik parametrlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari borasida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, ushbu turdagi havo kemalari yoqilg‘i sarflashda tejamkorligi borasida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Muzokaralar yakunida “ATR” kompaniyasi tomonidan tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan hamkorlikning iqtisodiy tafsilotlari, texnik jihatlari, jumladan, uchuvchi tarkib va texnik xodimlarni o‘qitish, shuningdek, ehtiyot qismlarni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan batafsil takliflar tayyorlanishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Izoh (0)