24-iyul, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida Turinning “Yuventus” klubi Milanning “Inter” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida turinliklar himoyachisi Matteys de Ligt o‘z darvozasiga gol urib qo‘ygan bo‘lsa, 68-daqiqaga kelib portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “keksa sinyora” vakillari “nerradzurilar”ni 4:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Xalqaro Chempionlar Kubogi
24-iyul, chorshanba
“Yuventus”—“Inter” 1:1 (penaltilar seriyasi—4:3)
Gollar: 0:1 — 10, avtogol, de Ligt, 1:1 — 68 Ronaldu“Yuventus”: Shchensni (Buffon, 46), De Shilyo, Joau Kanselu, Bonuchchi (Rugani, 68), de Ligt (Demiral, 46), Rabio, Matyuidi (Muratore, 78), Pyanich (Jan, 65), Bernardeski, Ronaldu, Iguain (Manjukich, 46)
“Inter”: Handanovich (Padelli, 46), D’Ambrozio, Shkrinyar (Bastoni, 78), de Vrey (Ranokkiya, 78), Dal bert, Galyardini (Joau Mariu, 78), Sensi (Barella, 78), Kandreva (Agum, 88), Brozovich (Valero, 78), Perishich (Longo, 78), Espozito (Pushkash, 78).
Penaltilar seriyasi — 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3
Ogohlantirishlar: D’Ambrozio (41), Bonuchchi (53)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)