So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha Aurum-898 tungi klubining yana bir qo‘riqchisiga hukm o‘qildi

    24.07.2019, 18:35 66808

    Aurum-898 tungi klubida sportchi Jamshid Kenjayevning ayovsiz kaltaklangani, pichoqlangani va halok bo‘lganidan so‘ng, jinoiy ish bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tgan va sud majlislaridagi muhokamalar jamoatchilikka yetkazib borilgan edi. Ushbu ish doirasida navbatdagi sud jarayoni joriy yilning 9-iyul kuni o‘z yakuniga yetdi, deb yozadi “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Ushbu sud ishida jabrlanuvchi sifatida Jamshid Kenjayevning o‘rtoqlaridan biri Sh. T. ishtirok etgan. Sudlanuvchi sifatida qatnashgan Aurum-898 tungi klubining qo‘riqchisi M.A.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

    Sudning aniqlashicha, mast holatda bo‘lgan Jamshid Kenjayev klubga kirishga uringan va norasmiy qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatilgan. Shu orada janjal chiqib, Jamshid Kenjayev qo‘lida bo‘lgan pichoq bilan Sherali Ilyasov va Abdurasul Mirzayevga tan jarohati yetkazadi. Shu jarayonda, sudlanuvchi M.A. janjalning oldini olish uchun kelgan Kenjayevning o‘rtog‘i Sh.T. va uning boshqa sheriklarini quvib ketgan. Shundan so‘ng, sudlanuvchi M.A. jabrlanuvchi Sh.T.ni tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan urib, yonida bo‘lgan pichoq bilan orqa dumba sohasiga ikki marta tan jarohati yetkazgan.

    Sud-tibbiyot ekspertizasining 2018-yil 14-avgustdagi 4456-sonli xulosasiga ko‘ra, Sh.T.ga nisbatan yengil tan jarohati yetkazilgan.

    Sudda M.A. o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Jabrlanuvchi Sh.T. esa sudlanuvchiga nisbatan hech qanday moddiy va ma’naviy da’vosi yo‘qligini aytgan va suddan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan.

    Sud holatni batafsil o‘rganib chiqib, sudlanuvchi M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan aybli deb topdi va 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Cheklovlar quyidagicha:

    - yashash joyini hukmni ijrosini nazorat qiluvchi organ ruxsatisiz o‘zgartirmaslik,

    - ommaviy va boshqa tadbirlarda ishtirok etmaslik,

    - muayyan joylarda – tungi klublar, restoran, kafe, bar, spirtli ichimliklari ichish joylariga bormaslik,

    - alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik, muayyan buyumlarni – barcha turdagi pichoq, temir bo‘laklarini o‘zida saqlamaslik,

    - Qashqadaryo viloyati hududidan tashqariga chiqmaslik taqiqlari yuklatilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Bugun, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Bugun, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Bugun, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Bugun, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Bugun, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Bugun, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Bugun, 22:10

    Qirg‘izistonda ham non narxi oshdi

    Bugun, 22:00

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    Bugun, 21:43

    Dunyoda vaboga chalinish holatlari ko‘paymoqda: Kasallikdan qanday himoyalanish mumkin?

    Bugun, 20:43

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

    16:00 / 25.09.2023

    “Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)

    21:00 / 25.09.2023

    Maktab sinfxonasida doskani urib tushirgan o‘quvchi voqeasiga aniqlik kiritildi

    15:00 / 25.09.2023

    Putin Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun Shoyguga muhlat berdi — ISW

    20:00 / 25.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?