O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.
Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 21-iyul holatidagi narxlari:
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 43 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori va poytaxtdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu”, “Yunusobod”, hamda “Qo‘yliq” bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg mol go‘shtining narxi 32 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg mol go‘shti – 38 000 dan 44 000 so‘mgacha
Qo‘y go‘shti
40 000 so‘mdan – 44 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kg qo‘y go‘shti uchun Toshkentdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 39 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg qo‘y go‘shti – 38 000 dan 44 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan – 19 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Toshkentdagi “Mirobod”, “Chorsu”, “Yunusobod” dehqon bozorlarida kuzatildi – 15 500 — 19 000 so‘m.
Guruch
4 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozori va poytaxtdagi “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etilgan – 4 000 — 12 000 so‘m.
Eng qimmat narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 8 000 — 16 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
8 000 so‘mdan – 13 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtning “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 000 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan – 13 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon narxdagi un Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 000 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Farg‘ona dehqon bozori va poytaxtning “Mirobod”, “Chorsu”, “Qo‘yliq” va “Farhod” bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.
Shakar
4 500 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Sirdaryo viloyati Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 000 so‘m.
1 kg shakar uchun eng qimmat narx mamlakat bozorlarida 5 500 so‘mgacha kuzatildi.
Tuxum
350 so‘mdan – 700 so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijonning Yangi shahar dehqon bozori, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorlarida kuzatildi 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtning “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi — 350 — 700 so‘m.
Kartoshka
1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Andijon Yangi shahar dehqon bozori, Navoiy Markaziy dehqon bozori, Samarqand markaziy dehqon bozori, Farg‘ona Markaziy dehqon bozori poytaxtdagi “Farhod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan sotilmoqda.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 — 3 500 so‘mgacha.
Pomidor
800 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi –800 so‘mdan – 1 500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentning “Chorsu” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 6 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Xo‘jalik sovuni
800 so‘mdan – 3500 so‘mgacha
Qiziq jihati, xo‘jalik sovuni bo‘yicha Respublikadagi eng arzon narx ham, eng qimmati ham Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Izoh (0)