Toshkentda jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish uchun 400 dollar talab qilgan shifokor ayol ushlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
“1-iyul kuni soat 22:23 atrofida ‘O‘zbekiston temir yo‘llari‘ AJ markaziy poliklinikasi ginekologiya bo‘limi mudiri 56 yashar Gulnora U. jarrohlik operatsiyasi o‘tkazish uchun Nihola A.dan 400 AQSh dollari ta’ma qilgan”, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 214-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)