“Espanyol” himoyachisi Mario Ermoso karyerasini “Atletiko”da davom ettiradi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy saytida xabar berdi.
24 yoshli ispaniyalik yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Himoyachining transfer narxi oshkor qilinganicha yo‘q. Avvalroq “matraschilar” Ermoso uchun 30 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ermoso “Atletiko”da yiliga 3 million yevro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, Mario Ermoso 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)