Ko‘p hollarda OAVlarda pensiya bilan nafaqa tushunchalari noo‘rin ishlatiladi. Ba’zan pensioner so‘zi o‘rniga “nafaqaxo‘r” so‘zini yoki “nafaqaga chiqdim” iborasi ham ishlatib yuboriladi, bu albatta noto‘g‘ri, deya Mehnat munosabatlari tadqiqotlari markazi direktori Bahodir Umurzoqovning so‘zlarini keltiradi Sputnik.
Pensiya — bu mehnat faoliyati tufayli belgilangan to‘lov. U inson umrining oxirigacha to‘lab boriladigan, doim oshib boradigan to‘lov.
Nafaqa — bu ijtimoiy yoki oilaviy vaziyat tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan aholi qatlamlariga bir marotaba yoki bir muddatga beriladigan to‘lovdir.
Masalan, nogironlik uchun to‘lanadigan pensiya bor yoki nogironlik uchun yoshlikdan to‘lab kelinadigan nafaqa bor.
“Yangiliklardan biri shuki, bu yil odamlar to‘lovlarni o‘z vaqtida berib borilayotganini borib tekshiramiz. Har bir farmon e’lon qilinganda har bir korxona rahbari o‘z xodimlari faoliyatini nazorat qilib borishi kerak. O‘z vazifasini yaxshi bajarmayotgan xodimlar hisobidan yaxshi ishlayotgan xodimlar maoshini oshirib borish kerak. Bu bozor munosabatlaridan raqobat turidan biri desa ham bo‘ladi. Buning maqsadi — odamlarning mehnatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish ham”, — deydi mutaxassis.
Izoh (0)