O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda 14 yoshdan 87 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar qayd etildi. Bu haqda Davlat test markazi ma’lum qilgan.
Eng yosh abituriyent 14 yoshni (14 yosh 212 kun), eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni (87 yosh 182 kun) qarshilagan.
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasasi Samarqand davlat universiteti bo‘lib, bu yerga 74 ming 377 nafar abituriyent hujjat topshirgan. 45 ming 977 nafar abituriyent tanlagan Andijon Davlat universiteti ikkinchi, Qarshi davlat universiteti esa 44 ming 676 nafar abituriyent bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Tanlov ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari (birinchi sifatida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan, bir o‘ringa) esa O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (29,47), Andijon tibbiyot instituti (21,49) va Samarqand davlat universiteti (17,97) bo‘ldi.
Izoh (0)