14-iyul kuni Toshkentning turli hududlarida ikki kishi kanalda suzaman deb cho‘kib ketdi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar bermoqda.
14-iyul kuni 16:23 da Sergeli tumanida 32 yoshli Islom M. Junariq kanalida cho‘milmoqchi bo‘lgan, ammo kuchli oqimga dosh berolmay, cho‘kib ketgan.
Xuddi shu kuni soat 21:04 da Bektemir tumanida 36 yoshli Bekzod X. Toshkent halqa yo‘li yaqinida Chirchiq daryosida suzishga qaror qilib, cho‘kib ketgan.
Izoh (0)