“Real Sosyedad” Grizmann transferidan 24 million yevro ishlab oldi, deb yozadi Marca.
Antuan “Sosyedad”dan 2014-yil “Atletiko”ga o‘tgandi. O‘shanda tomonlar agar futbolchi qayta sotiladigan bo‘lsa, u holda transferning 20 foiz miqdori “Real Sosyedad”ga tegishi bo‘yicha kelishib olgan.
“Barselona” Grizmann uchun 120 million yevro to‘ladi. “Atletiko” esa ayni damda kataloniyaliklarni sudga berib, yana 80 million yevro undirishini ma’lum qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)