• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Muzlamaydigan ko‘l, “Ruh O‘rda” va ko‘chmanchilar o‘yinlari: Issiqko‘lga nima uchun va qanday borish kerak?

    “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev “Toshkent — Tomchi” aviareysi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan  Issiqko‘lga tashkillangan mediaturda bo‘lib qaytdi. Quyida uning safar taassurotlari bilan tanishasiz.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    O‘zbekiston sayyohlar soni bo‘yicha peshqadam

    O‘zbekiston o‘tgan yili Qirg‘izistonda dam olgan sayyohlar soni bo‘yicha Rossiya va Qozog‘istonni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi. Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vazirligining turizm departamenti direktori Maqsad Damir o‘g‘liga ko‘ra, 2018-yilda ularning soni 3 million 295 ming kishini tashkil etgan.

    Foto: Qirg‘iziston turizm departamenti

    Foto: Qirg‘iziston turizm departamenti

    — Biz o‘zbekistonlik sayyohlarni jalb etish ustida muntazam ish olib bormoqdamiz. Qirg‘iz tomoni O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdagi sog‘lomlashtirish muassasalariga taklif etishdan manfaatdor, — dedi u “Toshkent — Tomchi” aviareysi tiklanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

    Masofa va mentalitetlar yaqinligi, ko‘plab chegara postlari ochilgani, avvaldan yaqin o‘zaro bordi-keldilar bunga salmoqli hissa qo‘shyapti. Tabiiyki, Qirg‘izistonga dam olish uchun borishni rejalashtirgan sayyohlarimizning aksariyati Issiqko‘lni tanlaydi.

    Issiqko‘lga qanday borish mumkin?

    Shaxsiy yoki yollangan avto. Oilaviy dam olish istagida bo‘lganlar uchun eng maqbul variant bo‘lsa ajab emas. Yo‘llarda muammosiz yoqilg‘i g‘amlab olish mumkin. Avtomobildan keyinchalik Issiqko‘lda sayr-sayohatlar uchun ham foydalansa bo‘ladi. Ortiqcha to‘xtashlar bo‘lmasa 12—14 soatda yetib borasiz.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Avtobus. Odatda katta guruh bo‘lib borganda tanladigan variant. “Toshkent” avtovokzalidan har kuni ikkita avtobus Bishkekka yo‘l olyapti. Chipta narxi bir tomonga 120 ming so‘m, 12 soat atrofida yo‘l bosiladi. Bishkekdan so‘ng Issiqko‘lgacha taksi, avtobus, yo‘nalishdagi taksi yoki poyezdda yetib olish mumkin, to‘rt soat chamasi yo‘l.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Yaxshi tomoni — ko‘pchilik bilan zerikmaysiz. Reyslarga qo‘yilayotgan avtobuslar ham shinam, telequrilmalar bilan jihozlangan. Minus tomoni —Qozog‘iston chegarasida avtobuslar soatlab turib qolganiga guvoh bo‘ldik. Tirbandlik, avtobus sinchiklab ko‘zdan kechiriladi, har bir yo‘lovchi hujjatlar to‘ldiradi va hokazo.

    Poyezd. Yoz mavsumida haftada bir marta “Toshkent—Baliqchi” yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Davlat chegaralaridan o‘tishini hisobga olgan holda Baliqchigagacha bir sutkadan oshiqroq yuradi.

    Foto: “Qirg‘iz temir yo‘llari”

    Foto: “Qirg‘iz temir yo‘llari”

    Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Toshkentdan payshanba kunlari soat 20.50 da jo‘nab, Baliqchi shahriga mahalliy vaqt bilan soat 23.30 da yetib boradi. Bu yerdan Issiqko‘lgacha qo‘l uzatsa yetgudek.

    Foto: “Qirg‘iz temir yo‘llari”

    Foto: “Qirg‘iz temir yo‘llari”

    Chipta narxi platskart, kupe yoki lyuks vagon tanlanishiga qarab 300 ming so‘mdan boshlanadi. Poyezdda vagon-restoran bor.

    Samolyot. Eng qulay, biroq qimmatroq variant. Toshkentdan Bishkekka uchib, u yerdan Issiqko‘lga yetib olish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri haftada bir qatnaydigan “Toshkent—Tomchi” yo‘nalishiga aviachipta olish mumkin. Tomchi aeroporti Issiqko‘lning o‘zida joylashgan, chipta narxi bir tomonga 130 dollar.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Toshkentdan Issiqko‘lgacha masofa 850 kilometr atrofida. Taqqoslash uchun, Toshkentdan Nukusgacha bo‘lgan masofa mashhur qo‘shiqda aytilgani kabi — 1100 kilometrdan oshiq. Chipta narxi 545 ming so‘m, valyutaga o‘girganda 65 dollar atrofida.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    To‘g‘ri, mahalliy va xalqaro yo‘nalish degan tushunchalar bor, lekin ikki barobar farq baribir tushunarsiz. Balki bundan ikki yil avval yo‘lga qo‘yilgan ilk “Toshkent—Tomchi” aviareysi ko‘p o‘tmay bekor qilinishiga ham shu sabab bo‘lgandir?

    Issiqko‘lda qayerga joylashsa bo‘ladi?

    Bu endi xohishingiz va imkoniyatlaringizga bog‘liq. Issiqko‘lda kuniga 5 dollardan 500 dollargacha joylashish mumkin. Boshlag‘ich narxlar xususiy sektorga tegishli. Bu yerdagi aksariyat xonadonlar ijaraga qo‘yadi, ijara narxlari esa yaratilgan sharoitlarga (dush, televizor, konditsioner va hokazo) qarab ko‘tarilib boraveradi.

    Issiqko‘l sohillarida 200 ga yaqin pansionat, sanatoriy, mehmonxona va dam olish markazlari faoliyat olib boradi. Ulardagi narxlar kuniga o‘rtacha 20 dollardan boshlanadi. Oilaviy kelgan bo‘lsangiz yoki yolg‘izlikni istasangiz qimmatroq narxda alohida kottedj yoki tanxausga joylashish mumkin.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Pansionat va sanatoriylarning qulay tomoni — atrofi o‘ralgan va qo‘riqlanadigan hudud, alohida toza plyaj. Tabiati nihoyatda go‘zal: oq qayinlar, archalar, daraxtlarda o‘rmalab yurgan olmaxonlar.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Issiqko‘ldagi “elitniy” sanatoriylarning aksariyatida faqat atirgullar ekilgan.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Bizda negadir urfdan qolgan atirgullar taratayotgan ifordan bosh aylanadi, manzarasidan ko‘z quvnaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat: Issiqko‘ldagi deyarli barcha dam olish markazlarida narx-navo mavsumga qarab o‘zgaradi. Sayyohlik mavsumi iyun oyi oxirida boshlanadi va sentyabrgacha davom etadi. Shunga qarab narxlar ham 1,5, hatto ikki baravar farqlanadi.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Aytaylik, pansionatda kuniga 50 dollar turgan ikki kishilik xona narxi iyul oyidan boshlab 80-100 dollarga aylanadi.

    Issiqko‘lda qayerga borgan ma’qul?

    Tabiiyki, eng go‘zal manzara ko‘lning o‘zi. Aytmatov asarlarida madh etilgan, hatto mashhur qissadagi kabi oq kemalarni ham kuzatish mumkin bo‘lgan ko‘l.

    Foto: Hasan Paydoyev

    Foto: Hasan Paydoyev

    Dunyoning maydoni bo‘yicha eng katta 25 ta ko‘lidan biri (tuzli ko‘llar orasida esa Kaspiydan so‘ng ikkinchi), chuqurligi bo‘yicha yettinchi o‘rinda. Suvining tiniqligi jihatidan Baykalga taqqoslanadi.

    Foto: Hasan Paydoyev

    Foto: Hasan Paydoyev

    Dengiz sathidan 1600 metr yuqorida joylashgan, o‘rtacha chuqurligi 278 metr. Qishda hech qachon muzlamaydi, balki nomi ham shunga bog‘liqdir.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Dengiz va tog‘ iqlimi uyg‘unligi sababli ob-havosi mo‘’tadil va yoqimli, yoz mavsumida o‘rtacha harorat +20 atrofida. Qirg‘izistonda turizmning asosiy daromad manbasi, mahalliy hukumat hatto ko‘lni “milliy boylik” deb e’lon ham qilgan.

    Foto: Hasan Paydoyev

    Foto: Hasan Paydoyev

    Issiqko‘lda ishlab chiqarish korxonalari yo‘q, shu sabab ekologik vaziyatdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi.

    Foto: Hasan Paydoyev

    Foto: Hasan Paydoyev

    Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh O‘rda” madaniy markazi. 2002-yilda Cho‘lpon-ota shahrida ochilgan, Issiqko‘lda eng ko‘p tashrif buyuriladigan manzillardan biri.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Antiqa markaz, har sohadan bir shingil. Qirg‘iz millati, eng mashhur qirg‘iz — Chingiz Aytmatov, “Manas” eposi haqida batafsil ma’lumot olish mumkin.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Xiyobondagi maysalar ichiga yashiringan va siz tosh deb o‘ylagan vozkuchaytirgichlardan qirg‘iz oqinlari ijrosida “Manas”ni tinglaysiz. Turli madaniyatlarni aks etuvchi haykallar, installyatsiyalarga boy.

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Foto: Ulug‘bek Ro‘zimatov

    Hududida dunyo dinlari — islom, nasroniylik (katolik va pravoslavlarga alohida), buddaviylik va yahudiylik sharafiga 5 ta bino barpo etilgan. Shu sababli bu yer “Besh ibodatxona muzeyi” deb ham ataladi.

    Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari. Issiqko‘ldagi Cho‘lpon-ota shahrida joylashgan ippodromda 2014-yildan beri har ikki yilda bir Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish-yopilish marosimlari bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar ot chopish, kurash, kamondan o‘q uzish kabi 20 dan ortiq etnik sport turi bo‘yicha bellashadi.

    Foto: “Kabar”

    Foto: “Kabar”

    Ilk o‘yinlarda 19 davlatdan 580 nafar ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa, 2018-yilda o‘tkazilgan uchinchi o‘yinlarga 66 mamlakatdan 1,5 ming nafardan ortiq sportchi keldi.

    Foto: “Kabar”

    Foto: “Kabar”

    Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ushbu o‘yinlarni o‘tkazishdan maqsad ko‘chmanchi xalqlar madaniyatini saqlash, etnik sport turlarini rivojlantirish ekanligi aytiladi. Albatta, Qirg‘izistonning turizm salohiyatini ko‘z-ko‘z qilish niyati ham yo‘q emas.

    Foto: “Kabar”

    Foto: “Kabar”

    Tabiat qo‘ynida faol dam olishni istovchilarga Sarichat-Ertosh davlat qo‘riqxonasi, Qorako‘l milliy tabiat bog‘i va Isroildagi O‘lik dengizga monand tuzli ko‘l, toshga bitilgan rasmlar—petrogliflari bilan mashhur “Ornok” arxeologik majmuasi, Grigorevsk va Semyonovsk tog‘ daralariga sayohatni ham tavsiya etish mumkin.

    Foto: Hasan Paydoyev

    Foto: Hasan Paydoyev

    Xullas, keling, ko‘ring va baho bering. Issiqko‘lni biz ta’riflashga ulgurmagan go‘zal jihatlari hali talaygina...

     

    12.07.2019, 09:10   Izoh (0)   40161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 11 may, 12:30

    Tramp Rossiya va Ukraina uchun “buyuk hafta” boshlanayotganini aytdi

    Dunyo | 11 may, 12:05

    Afg‘onistonda shaxmat rasman taqiqlandi

    Dunyo | 11 may, 11:41

    Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 11:28

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    Musiqa | 11 may, 11:00

    “Real” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

    Sport | 11 may, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.