Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.
Loyihaga asosan:— bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimining boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga solish bo‘yicha yagona tizim;— ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoiy sud ishini yuritish bilan birga ma’muriy va fuqarolik ishlarida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;— bepul yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan shaxslar toifalari hamda bunday yordamni ko‘rsatish shartlari;— bepul yuridik yordam turlari, shakllari va amalga oshirish usullari;— davlat hisobidan jalb qilingan advokatlarning faoliyati natijadorligi va sifatini baholash;— advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yuridik klinika va boshqa subyektlar tomonidan bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish tartibi nazarda tutilmoqda.
Izoh (0)