Joriy yil 7-iyul kuni fuqarolar Yu.M va A.G. Chilonzor tumani, 8-mavzeda joylashgan xonadonlarning biriga mehmonga borib, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ertasiga soat 06.00 atrofida o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida Yu.M. A.G.ning ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Yu.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yu.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)