O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi tomonidan AQSh Kongressi kutubxonasiga Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz fondlarida saqlangan kitoblar taqdim etildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Darakchi.uz”

Kutubxonaga Alisher Navoiyning 10 jildlik to‘liq asarlar to‘plami, “Amir Temur chet elliklar nigohida”, “O‘zbekiston”, “Ko‘hna va boqiy Buxoro”, 14 tomli “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitoblari topshirildi.

Bunga bag‘ishlangan tadbir davomida Kongress kutubxonasining qator ekspertlari joriy yili O‘zbekistonga borish hamda Milliy kutubxona va ilmiy-tadqiqot doiralari vakillari bilan uchrashish istagini bildirdi.

Tomonlar Toshkent Sharqshunoslik instituti arxivlarida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalarni raqamlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi.