O‘zbekistonda 348 ta past rentabelli va faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat unitar korxonalari tugatilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlik e’lon qilgan Prezident qarori loyihasiga asoslanib “Xalq so‘zi Online” xabar beradi.
Ushbu korxonalarning barchasida davlat ulushi 100 foizga teng. Sotuv va mulkka egalik huquqi to‘g‘risidagi order olinganidan keyin bir nechta kompaniyalar reyestrdan chiqarib yuboriladi. Ularning ichida “Shahrisabz yulduzi” DUK (xususiy mulkdorlarga shu nomdagi mehmonxonani sotishga harakat qilinmoqda), “Afrosiyob Palas” DUK (Samarqandda shu nomdagi mehmonxonaga xaridor topilgan) bor.
Tugatilishi rejalashtirilayotgan korxonalarning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari balansida turibdi. Ularning soni 168 ta. “Uchtepa Invest” DUK, “Kar biznes sistem” DUK, “Olmazor kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK shular jumlasidandir.
Izoh (0)