“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Kataloniya klubi 25 yoshli futbolchi uchun tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor, biroq klub futbolchini 50 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.
Umtiti tizzadan olgan jarohatini operatsiya qildirishdan voz kechgani “Barselona” rahbariyatiga yoqmadi. Shu sababli fransuz 2018/19-yilgi mavsum La Ligada atigi 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbolchiga “Manchester Siti” hamda “Yuventus” klublari qiziqqandi, biroq hali transfer borasida rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo‘q. Ammo Umtitining o‘zi “Kamp Nou”da qolish istagini bildirgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)