“Lids” klubi vingeri Jek Klark faoliyatini Londonning “Tottenhem” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda “shporlar”ning rasmiy saytida xabar berildi.
“Tottenhem” Klark bilan 2023-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Lekin klub uni bir mavsum uchun “Lids”ning o‘ziga ijaraga berib yubordi.
18 yoshli futbolchining transferi “Tottenhem” uchun 2018-yil yanvaridan beri amalga oshirilgan ilk xaridi bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)