Argentina terma jamoasi Kopa Amerika—2019 musobaqasining yarim finalida Braziliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:2).
Ma’lum qilinishicha, argentinaliklarning sovrinsiz davri 26 yilga yetdi. So‘nggi bor Argentina 1993-yilda mazkur musobaqada g‘olib bo‘lgandi.
Jamoaning ikkinchi eng yomon natijasi 1959-yildan 1978-yilgacha bo‘lgan davrda ro‘y bergandi (19 yil).
Eslatib o‘tamiz, Argentina Kopa Amerika—2019 musobaqasining 3-o‘rni uchun kurashda Chili—Peru uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan jamoa bilan bellashadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)