• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda dunyoga mashhur rassom Pablo Pikassoning durdona asarlari saqlanmoqda (foto)

    O‘zAda jurnalist Sayyora Shoyevaning dunyoga mashshur rassom Pablo Pikassoning asarlari saqlanayotgani haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mashhur rassomlarning shunday suratlari borki, o‘z davrida qadr topmay, yillar o‘tgach, millionlarga sotiladi. Bu suratlarning auksionlardagi sotilish narxlarini eshitib, yoqa ushlaysiz.

    Betakror ispan rassomi Pablo Pikassoning “Trubka ko‘targan bola” kartinasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Sotheby’s” auksionida sotilgan eng qimmat surat hisoblanadi. 1905-yilda chizilgan ushbu surat 2004-yilda 104 million 100 ming dollarga sotilgan. Uning 1941-yilda chizilgan “Dora Maar mushugi bilan” nomli kartinasi 95,2, 1901-yilda chizilgan “Qo‘llarini chalishtirib o‘tirgan ayol” deb nomlangan kartina esa 55 million dollarga sotilgan.

    Ayni vaqtda XX asrning eng buyuk va xaridorgir rassomlaridan biri Pablo Pikassoning asarlarini o‘z fondida saqlab kelayotgani bilan faxrlanadigan muzeylar soni dunyoda sanoqli. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi shulardan biridir.

    Bu yerda taniqli modernist Pikassoning keramika usulida yaratgan likobcha va ko‘zalari mavjud. Vaholanki, Pablo Pikasso mashhur surat va haykaltaroshlik asarlaridan tashqari ko‘plab dekorativ sopol buyumlar yasagan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ma’lum bo‘lishicha, buyuk rassomning bu ishlanmalari muzeyga sovg‘a sifatida kelib qolgan bo‘lib, muzey fondida qariyb 50 yildan buyon saqlanmoqda. Rassomning ayni uslubda ishlangan asarlarini Rotterdam (Niderlandiya) va Ermitaj (Rossiya) muzeylarida ham uchratish mumkin.

    Noyob va qimmatli bu asarlarning Toshkentga kelib qolish tarixi haqida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi mutaxassislari shunday izoh berishdi:

    — Rassomning yaqin do‘sti — Fernan Lejening rafiqasi, belarus ayoli Nadejda orqali tarelkaga chizilgan bu rasmlarning 12 donasi bizning muzeyimizga kelib qolgan. Aslida rassomning bu yo‘nalishda uch mingdan ortiq asarlari bo‘lib, ularni 60 yoshdan keyin chizgan, degan ma’lumotlar mavjud.

    ... Pablo bu yoshda ancha taniqli bo‘lib, qayerda ko‘rinsa, muxlislari undan dastxat olishga shoshardi. Kunlarning birida rassom kafeda o‘tirganda, muxlislaridan biri undan dastxat so‘raydi. Atrofda tarelka va stakandan boshqa buyum bo‘lmagani uchun rassom tarelkaga imzo qo‘yib beradi. Shu tariqa sopoldan yasalgan tarelkalarga turli suratlar chizishga qiziqib qoladi. Ayrim manbalarda bu tasvirlar uning shoir do‘stining she’rlariga atab chizilgan, deb ham aytiladi. Ularda ayol va kabutar birlashgan chiziqlar grafikasini ko‘rish mumkin. Ba’zilarida esa Fransiya bayrog‘i aks ettirilgan.

    Rassom loydan ko‘zalar yasashga ham juda qiziqqan. Ular ko‘rinishidan ko‘za bo‘lsa-da, aslida turli ma’nolarni izohlashga xizmat qilganini kuzatish mumkin. Misol uchun, ko‘za-daraxt, ko‘za-ayol, ko‘za-boyo‘g‘li.

    Qayd etish joizki, Fransuz rassomi Pablo Pikassoning asli ismi Ruisi bo‘lib, u 1881 yilda Ispaniyada tug‘ilgan. Uning “Uchrashuv”, “Fojia”, “Shar ustidagi qiz”, “Bola va gado”, “Oyna qarshisidagi ayol”, “Cho‘milayotgan odam”, “Mandolina va gitara”, “Mayni sevuvchi ayol”, “Kursidagi qiz”, “Dengiz qirg‘og‘idagi shakllar”, “Mayya va uning qo‘g‘irchog‘i”, “Ko‘zgu” kabi asarlari dunyoda mashhur.

    Pikassoning serqirra ijodi XX asr san’atidagi qarama-qarshiliklarni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, tasviriy san’atning ko‘p sohalari — rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va boshqalar rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.1907-yillarda buyumlarni handasiy shakllarga ajratib tekis yuzada uzilgan va hajmli bo‘laklardan tasviriy san’at asarlari yaratib kubizmga asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari masalan, «Yolpig‘ichli xonim» nafis bezagi va jo‘shqin ohangdorligi bilan ajralib turadi.

    1940-yillarning ikkinchi yarmidan Pikasso dastgohli rangtasvir, haykaltaroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yaratdi. Uning ilg‘or insonparvarlik qarashlari “Tinchlik kabutari”, “Tinchlik”, “Tinchlik ibodatxonasi kabilarda o‘z ifodasini topdi. Pikasso Xalqaro tinchlik mukofoti laureati.

    02.07.2019, 16:53   Izoh (0)   28174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 49 968 nafar kollej bitiruvchisining 4 963 nafariga imtiyozli diplom berildi

    02.07.2019, 16:42

    Onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi kamaydi

    02.07.2019, 16:30

    Prezident O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    02.07.2019, 16:19

    “O‘zyog‘moysanoat” qalbaki paxta yog‘idan ogohlantirdi

    02.07.2019, 15:56

    Xorazmda qo‘shnisiga yordamga chiqqan yigit mahalladoshini o‘ldirib qo‘ydi

    02.07.2019, 15:32

    Buxoroga ziyoratga kelib, hovuzga cho‘kkan bolani milliy gvardiyachi qutqarib qoldi (video)

    02.07.2019, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.