Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning 25-iyun kuni Turkmanistonda himoyalanmagan temir yo‘l o‘tish joyida yuk avtomobili poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi R.A. jarohatlangan. Bu haqda O‘zbekistonning Turkmanistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga tayanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar qiladi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

U Turkmanistonning Ahal viloyati Bozmeyin shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Hozirgi paytda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash hamda jarohatlangan fuqaroga zarur gumanitar va konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Elchixona xodimlarini kasalxonaga yuborishni rejalashtirmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Turkmaniston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda O‘zbekistonning Ashxobod shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +993-12-36-90-55.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda