Toshkent shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan 29-iyun kuni soat 07:00 dan 09:00 gacha ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Shu munosabat bilan M.Ulug‘bek tumanidagi Markaziy ekobog‘dan A.Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Abay ko‘chasi kesishmasigacha;
– Abay ko‘chasi bo‘ylab A.Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
– Olmazor ko‘chasi bo‘ylab I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
– Afrosiyob ko‘chasining “Humo arena” muz saroyigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Izoh (0)