• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Prezidenti Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgiladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, bo‘sh turgan bino va yerlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avval xabar berilganidek, 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu boradagi ishlar Andijon viloyati misolida tahlil qilingan edi. Bu gal Toshkent viloyatidagi mavjud salohiyat va undan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Toshkent viloyati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun eng qulay hudud. Barcha shahar va tumanlarda yetarli elektr energiyasi zahirasi mavjud. Asosiy iste’mol bozorlariga mahsulot yetkazib beradigan yo‘l infratuzilmasi ham yaxshi rivojlangan.

    Lekin viloyatda aholi jon boshiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2—3 barobar kam. Viloyat sanoatida hududiy korxonalar ulushi atigi 15 foizni tashkil etadi. Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Quyichirchiq kabi tumanlarda sanoat anchayin orqada qolgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Joriy oy boshida davlat rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida 2019—2020-yillarda amalga oshiriladigan 40 trillion 300 milliard so‘mlik 800 ga yaqin loyihadan iborat dastur ishlab chiqilgan edi. Shundan 300 dan ziyodi sanoat sohasidadir.

    Shuningdek, bu borada rezervlar ko‘pligidan kelib chiqib, Hududlar sanoatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan yana 310 ta qo‘shimcha loyiha shakllantirildi.

    Yig‘ilishda mazkur sanoat loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Unga ko‘ra, iyun oyi boshida tasdiqlangan Dastur bilan birgalikda viloyatda 2019—2022-yillarda umumiy qiymati qariyb 51 trillion so‘m bo‘lgan 636 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

    Ushbu loyihalar doirasida 4,2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish orqali sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini qariyb 2, aholi daromadlarini 2,1 barobar oshirish ko‘zda tutilgan. Bu 51 mingdan ortiq doimiy ish joyi tashkil etish imkonini beradi.

    Yig‘ilishda har bir loyiha tarmoqlar, shahar va tumanlar, tijorat banklari kesimida ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga ushbu sanoat loyihalari bo‘yicha reja jadvallarini tasdiqlab, ularni o‘z muddatida ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Muhim jihati shundaki, viloyat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan loyihalarning 60 foizi infratuzilmasi mavjud, lekin bo‘sh turgan obyektlar va yer maydonlariga joylashtirildi.

    Masalan, birgina Yangiyo‘l tumanida 250 gektar yer va 350 ming kvadrat metr maydonga ega binolar, Yangiyo‘l shahrida 64 gektar yer va 136 ming kvadrat metr inshootlar bo‘sh turgani aniqlangan.

    Prezident bunday obyektlarni “quruq” ushlab turish foyda emas, zarar keltirayotgani, ularni ishga solib, odamlarga ish o‘rni va daromad manbai yaratish kerakligini ta’kidladi.

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli vazirlik va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda respublika bo‘yicha samarasiz foydalanilayotgan barcha bino va yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, bo‘shaydiganlarini tadbirkorlarga auksion orqali sotish, investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda berish yoki ular negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

    Xususiylashtirilgan obyektlarni samarali ishlatish borasida mulk egalarida ayrim muammolar borligi qayd etilib, ularni hal qilish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.

    Videoselektorda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari salohiyatidan unumli foydalanish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

    Mamlakatda jami 21 ta erkin iqtisodiy zona va 150 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, ularning hududida qariyb 1 ming 700 ta kichik korxona faoliyat yuritmoqda. Lekin ayrim korxonalar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan yetarlicha ta’minlanmagan edi.

    O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 21-iyunda qabul qilingan “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mazkur joylardagi sharoitlarni yaxshilash, mavjud kamchiliklarni hal etish yo‘llari belgilab berildi.

    Bu barcha hududlardagi, jumladan, Toshkent viloyatidagi kichik sanoat zonalari uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Bundan foydalanib, viloyatda sanoatni izchil rivojlantirish, bo‘sh obyektlar negizida yangi quvvatlarni ishga tushirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

    Mutasaddilarga shu tizim asosida Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni shakllantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

     

     

    26.06.2019, 20:53   Izoh (0)   14359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorij davlatlarining harbiy attashelari Xudoyorxon o‘rdasini ziyorat qildi (foto)

    26.06.2019, 20:11

    Toshkent metrosida bir erkak relsga tushib ketdi

    26.06.2019, 19:19

    Namanganda fuqaro meros tufayli ukasining xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi

    26.06.2019, 18:53

    Yunusobod tumani hokimligi uysiz ayolga bir yil avval sovg‘a qilingan xonadonni qaytarib berishni talab qildi

    26.06.2019, 18:40

    Rossiyada 19 o‘zbekistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan YTH aybdorlariga sud hukmi o‘qildi

    26.06.2019, 18:14

    O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsuli tayinlandi

    26.06.2019, 18:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda ayol farzandi bilan tortishib qolgan bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:55

    Yevropa Ittifoqi byudjetining 20 foizi Kiyevga yo‘naltiriladi — DW

    Dunyo | 18 iyul, 17:45

    Los Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlarida boks bahslarining o‘tkazilish sanasi va joylari ma’lum qilindi

    Sport | 18 iyul, 17:45

    Toshkent yoki Samarqand — qaysi shaharda yashash arzon va qulay?

    O‘zbekiston | 18 iyul, 17:35

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.