“Sevilya” hujumchisi Vissam Ben-Yedder karyerasini Angliya Premyer ligasida davom ettirishi mumkin, deya ma’lum qildi AS.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Ben-Yedderning shartnomasidagi tovon puli 40 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq fransuzning o‘zi Andalusiya klubini tark etishni tark etishni xohlayotganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Ben-Yedderning “Sevilya” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Unga “Yunayted”dan tashqari PSJ ham da’vogarlik qilmoqda.
Fransiyalik hujumchi 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)