Toshkent shahri Yashnobod tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
24-iyun kuni taxminan soat 3.50 da Yashnobod tumanidagi Mirzo-Ulug‘bek – Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida Nissan Maxima rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Tatyana T. piyodalar yo‘lakchasi bo‘ylab o‘tib ketayotgan 27 yoshli Bobur Kni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Qayd etilishicha, haydovchi mast holda katta tezlikda harakatlangani YTHga sabab bo‘lgan.
“Toshkent shahar IIBB marhumning yaqinlariga chin dildan ta’ziya izhor etadi. Hurmatli haydovchilar! Mast holatda avtomobil boshqara turib siz nafaqat o‘zingizni, balki atrofdagilarning ham hayotlarini xavf ostiga qo‘yasiz. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)