Futbol bo‘yicha Kopa Amerika—2019 musobaqasining “B” guruhida 23-iyun, yakshanba kuni 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Qatar terma jamoasi Messi yetakchiligidagi Argentinaga qarshi bahs olib bordi.
Bellashuv davomida Lautaro Martinez (4) hamda Serxio Aguero (82) tomonidan kiritilgan gollar Argentina termasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi (2:0).
Mazkur g‘alabadan so‘ng Argentina terma jamoasi “B” guruhida 4 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egalladi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi argentinaliklar Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.
Guruhdan chiqish masalasini muddatidan avval hal etgan Kolumbiya terma jamoasi esa Paragvayga qarshi maydonga tushdi.
O‘yindagi yagona gol 31-daqiqada kolumbiyalik yarim himoyachi Gustavo Kuelyar tomonidan kiritildi (1:0). Shu tariqa Kolumbiya terma jamoasi Paragvayni kichik hisobda mag‘lub etib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
3-tur yakuniga ko‘ra, Kolumbiya 9 ochko to‘plab, guruhda birinchi o‘rinni egalladi va ayni damda chorak finaldagi raqibini kutmoqda. Paragvay esa 2 ochko bilan 3-pog‘onani band qilib, pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.
Kopa Amerika—2019
3-tur bahslari
23-iyun, yakshanba
“B” guruhi
Qatar—Argentina 0:2
Gollar: 0:1 — 4 Martines, 0:2 — 82 AgueroKolumbiya—Paragvay 1:0
Gol: 1:0 — 31 KuelyarYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)