Qarshi shahridagi Vatanparvarlar bog‘ida Qashqadaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga bitirgan iqtidorli yoshlarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb ma’lumot beradi O‘zA.
“Joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 11-sinfini 32 ming 501 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi. Ularning 206 nafari oltin, 283 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, maktabni bitirgan 883 nafar o‘quvchiga a’lo darajali kasb malaka diplomi topshirildi”, — deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Jo‘raev.
Tadbirda viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev ishtirok etdi.
Izoh (0)