Endi bu yerdagi obodonlashtirish ishlarini real vaqt rejimida samarkand.uz veb-sayti orqali kuzatib borish mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Zarnews yozadi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov shu yilning 18-iyun kuni jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv chog‘ida Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini bevosita kuzatib borish uchun onlayn kameralar o‘rnatilishi haqida ma’lum qilgan edi.
Uch kun ichida bu g‘oya ham amalga oshdi. Ayni paytda Universitet xiyoboniga o‘rnatilgan kamera orqali bu yerdagi jarayonlardan xabardor bo‘lish mumkin.
Izoh (0)