Himoyachi Mayk van Beynen “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
20 yoshli futbolchi bunga qadar NAK klubida (Niderlandiya yuqori ligasi vakili) to‘p surgandi va u erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shildi.
Futbolchining “ko‘k-anorranglilar” bilan tuzgan shartnomasi 2020/21-yilgi mavsumga qadar amal qiladi. Uning tovon puli 100 million yevroni tashkil etadi. Van Beynen “Barselona B” jamoasi sharafini himoya qiladi.
Mundo Deportivo’ning xabar berishicha, niderlandiyalikning otasi Ali Dursun yarim himoyachi Frenki de Yongning agenti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq de Yong “Barselona”ga “Ayaks”dan 75 million yevro evaziga o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, van Beynen hamda de Yong vaqtida “Villem II” jamoasida birgalikda to‘p surgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)