FVV Toshkentdagi bo‘ri o‘ldirilishiga o‘zining umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “Repost.uz” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro qo‘ng‘iroq qilgach, bo‘ri shahar qutqaruv xizmati xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. Qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan ayol bo‘ri dastlab itga hujum qilgani, keyin esa odamlarga tashlanganini aytgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri ko‘chalarida bemalol “sayr qilayotgan” bo‘ri aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Izoh (0)