• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Biz AES qurilishiga qarshi emasmiz, lekin… “Atomchi”larning bir noto‘g‘ri talqini haqida

    O‘zbekistonda AES qurilishi masalasidagi bahslar to‘xtamayapti. Qarshilar va tarafdorlar ketma-ket munosabatlarini e’lon qilib bormoqda. “Daryo” muhokamalar uchun ochiq minbar sifatida turli fikr va yondashuvlar aks etgan maqolalarni chop etishda davom etadi. Quyida jurnalist va bloger G‘ayrat Yo‘ldoshning AES borasidagi mulohazalarini keltiramiz.

    Kadr: HBO

    Kadr: HBO

    AQSh va Buyuk Britaniya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Chernobil” serialining jahon ekranlariga chiqishi ortidan uni tomosha qilgan yurtdoshlarimiz orasida O‘zbekistonda AES qurilishiga, aniqroq qilib aytganda, bizga Rossiyaning AES qurib berishiga qarshi bo‘lganlar soni sezilardi oshdi. Shaxsan o‘zim ham shu paytgacha Rossiya AES qurib berishini qo‘llab-quvvatlamadim, shuningdek, bunga qarshi ham emasdim. Ammo “Chernobil”ni ko‘rgandan so‘ng O‘zbekistonga Rossiya AES qurib berishiga uzil-kesil qarshi bo‘ldim.

    Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlab ketishni xohlar edim. Rossiyaning O‘zbekistonda AES qurib berishini yoqlayotgan, yoqlaydigan aksariyat men va menga o‘xshaganlarni O‘zbekistonda AES qurilishiga qarshi sifatida talqin qilmoqda. Aslida biz AES qurilishiga qarshi emasmiz, balki uni Rossiya qurib berishiga qarshimiz.

    Fikrimcha, O‘zbekistonda quriladigan AES uchun joyni ham, AESning o‘zini ham xalqaro komissiya tekshiruvidan o‘tkazib, so‘ng tajribasi bor davlatlar o‘rtasida tender o‘tkazib, g‘olib chiqqan davlat bilan qurish kerak. Millionlab insonlar taqdiri yotadigan muhim obyektni tendersiz qurish uchun “Rosatom”ga topshirib yuborilishi xato ish bo‘ladi.

    AES bizga kerakmi?

    Agar yuqorida yozganimday xalqaro tender o‘tkazilib quriladigan bo‘lsa, AES bizga kerak. Sababi, energetik mustaqillik har bir mamlakat uchun muhim. Hozirgi kunda O‘zbekiston o‘zi ishlab chiqarayotgan energiyaning asosiy qismini IESlardan olyapti. Ularda asosan ko‘mir va gaz yoqilyapti. Ozroq qismini GESlar ishlab chiqaradi. Iste’mol qilayotgan yana bir qism energiyamizni qo‘shnilardan import qilyapmiz. Agar O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishini va kelajakda energiyaga talab oshib boraverishini inobatga olsak, har qanaqasiga energetik taqchillik bo‘sag‘asida turibmiz.

    To‘g‘ri, yon qo‘shnilarimiz Qirg‘izistonda Qambar Ota 1 va Qambar Ota 2, Tojikistonda Rog‘un va yana bir nechta kichikroq GESlar qurilyapti. Agar o‘shalar bitsa va hozirgi aloqalar saqlansa, kelajakda bizda energiya muammosi bo‘lmaydi degan fikr uyg‘onadi. Biroq aynan energiya masalasida boshqalarga bog‘lanib qolishning bir nechta nozik jihatlari bor. Har qanaqasiga o‘sha nozik jihatlar bilan qo‘shnilarimiz emas, aynan biz hisoblashishimiz kerak.

    Foto: CANews

    Foto: CANews

    Bu nozik jihatlarning birinchisi ob-havo sharoiti va yilning qanday kelishidir. Agar kuz, qish, bahor, ya’ni yil seryog‘in kelsa, qo‘shnilarimizda hozir mavjud bo‘lgan va yangi qurilayotgan gigant suv omborlarida muammo bo‘lmaydi va ular energiyani yetarlicha ishlab chiqarib, bizga ham keragicha beraveradi.

    Ammo yil qurg‘oq kelsa-chi, unda nima bo‘ladi? Unda qo‘shnilarimizda suv taqchilligi paydo bo‘ladi va energiya ishlab chiqarish kamayadi. Buning hisobiga ularning bizga beradigan energiyasi miqdori ham kamayishi mumkin. Endi tasavvur qiling, qurg‘oqchilik ikki-uch yil davom etsa-chi? Unda biz qo‘shnilardan energiya umidvor bo‘lmasak ham bo‘ladi.

    Ikkinchi muhim jihat siyosat bilan bog‘liq. Hammamiz ko‘rdik, kelishmovchilik davlat manfaati uchun emas, shaxsiy g‘araz ortidan sodir bo‘lgan edi, qo‘shnilar biz bilan, biz ular bilan 20 yil mutlaqo aloqa qilmadik. Aloqa qilish uyoqda tursin, ming yillik qon-qardosh qo‘shnilar bilan viza munosabati o‘rnatib, bir-birimiz tarafga qushlar uchib o‘tishiga ham qo‘ymadik. Xo‘sh, kelajakda yana shunday holat bo‘lmaydi deb kim kafolat bera oladi? Masalan, men hozirgi O‘zbekiston rahbariyatiga “tarixdagi xatolarni qilmaydi, qo‘shnilar bilan aloqani buzmaydi” deb kafolat bera olaman, ammo qo‘shnilarga kafolat bera olmayman. Umuman olganda, kelajakda har narsa bo‘lishi mumkin va har ehtimolga qarshi buni albatta inobatga olib qo‘yish kerak.

    Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston kundan-kun oshib borayotgan o‘z ehtiyojlari uchun yetarlicha energiya ishlab chiqarmas ekan, mamlakat kelajakda energiya taqchilligiga uchrashi mumkin.

    Ana shuni inobatga oladigan bo‘lsak, bizga AES kerak. Lekin xavfsiz AES kerak. Quradiganlar va qurdiradigan tomonidan mutlaqo xavfsiz deb kafolat beriladigan AES kerak. Buning uchun esa xalqaro ekspertlar tekshiruvi va tender o‘tkazilishi juda muhim.

    Rossiyaning O‘zbekistonda AES qurishiga nega qarshiman?

    Uchta misol keltiraman. Uchalasi ham AES yoki uning halokati haqida emas, balki Rossiyada bo‘lgan oddiy qurilishlar bilan bog‘liq misollardir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Birinchisi. Bundan ancha yillar oldin Moskva meri Lujkovni o‘z vazifasidan ozod etishdi. O‘shanda Lujkovga qo‘yilgan asosiy ayb shu bo‘ldiki, u merlik qilgan yillarda Moskvadagi barcha qurilish va ta’mirlash ishlarini, xoh davlat dasturi bo‘lsin, xoh boshqa dasturlar bo‘lsin, xotini Yelena Baturina nomiga ochilgan qurilish kompaniyasiga beravergan.

    U esa bir so‘mlik ishni uch so‘mga bajardik deb shahar budjetini o‘piravergan. Shu tariqa ancha yillar pichog‘i moy ustida bo‘lgan Baturina xonim eri Moskva meri bo‘lib ishlagan yillarda milliardlab dollar mablag‘ yig‘di va o‘sha mablag‘lari bilan Yevropadagi eng boy ayollar safiga kirdi.

    Rossiyada yirik qurilish obyektlari qurilishi masalasida ahvol o‘zgarganiga va bugun hammasi halol bajarilayotganiga ishonmayman.

    Ikkinchi voqea shunga mos keladi. Ma’lumki, o‘tgan yil Rossiya futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazdi. Ana shu chempionatni o‘tkazish doirasida ko‘plab shaharlarda yangi stadion qurildi. Shu jumladan Sankt-Peterburg shahrida ham. Sankt-Peterburgdagi yangi “Zenit-Arena” stadionning boshlang‘ich loyihasi odatdagiday “ko‘p qatori” edi. Ammo stadion ishga tushguncha loyiha narxi kamida olti baravarga oshib ketdi.

    Ahvol shu darajaga bordiki, yevropaliklar rossiyaliklar tomonidan stadionga sarflangan mablag‘ni eshitib, “biz shu pulga kamida 5-6 ta bundan zo‘r stadion qurardik” deb yozib chiqdi.

    Uchinchi voqea ham aynan shu JCh doirasida yangi qurilgan stadionlar bilan bog‘liq. Volgograd shahrida yangi stadion tiklandi. Chempionat paytida unda bir nechta o‘yin o‘tkazildi. Chempionatning rasmiy tugashidan bir kun o‘tib qattiq yoqqan yomg‘ir stadionning bir qisminini o‘pirib ketdi. Ya’ni stadiondagi ishlar shoshma-shosharlikda, xalta-xurjun qilib bajarilgan.

    Bu gaplar bilan nima demoqchi bo‘layotganimni tushundingiz deb o‘ylayman. Oddiy qurilishlarda loyiha qiymatning tushunarsiz tarzda oshib yuborilishi, loyihalarni berishda tanish-bilishchilik qilinishi va korrupsiyaning urchigani, shuningdek, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilishi – bularning hammasi bugungi Rossiya qurilish bozorining yuzidir. Endi ana shu holatni bila turib, millionlar taqdiri bog‘langan AESday murakkab qurilishni xalqaro tendersiz Rossiyaga berib yuborilishi, nazarimda, oqibati o‘ylanmay qilinayotgan ish bo‘ladi.

    Buning ustiga, “Rosatom” Turkiyada qurayotgan AESda ikkita yoriqning topilgani bizni yanada sergak torttirishi lozim.

    AESni qurish ham, uni ekspluatatsiya qilish ham qiyin emas, mundoq olib qaraganda. Eng qiyini, Xudo ko‘rsatmasin-u, kichik bir halokat sodir bo‘lsa, oqibatlarini tugatib bo‘lmasligida va o‘sha halokat oqibatlari asrlar davomida bu hududlarda asorat qoldiraverishidadir. Shuni ham inobatga olishimiz kerak. Shu uchun ham AES loyihasi va qurilishida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

    Shuningdek, AESni Rossiyaga qurdirishning bahsli va e’tiborga olish lozim bo‘lgan yana bir muhim jihati bor. Oxirgi yillarda Rossiyaning qanday tashqi siyosat yuritayotganini hammamiz ko‘ryapmiz. Turkiyada Rossiya samolyoti urib tushirilishi yoki ikki yil oldin Rossiyaning transport samolyoti Tojikiston havo kengliklarini buzib, ushbu davlat hududida majburiy qo‘ngani holatilarini olaylik. Har ikki holatda ham Rossiya uchuvchilari xalqaro normalarni buzgan va boshqa mamlakatlar havo kengliklariga kirib, uning xavfsizligiga tahdid solgan edi. Buning ortidan Turkiya o‘z havo hududiga ruxsatsiz uchib kirgan Rossiya harbiy samolyotini urib tushirdi. Tojikiston esa ikkita pilotni qamab qo‘ydi. Ikki holatda ham Rossiyaning jazavasi qo‘zidi va bu ikki mamlakat fuqarolariga nisbatan haqiqiy “ov” uyushtirdi. Butun Rossiya bo‘ylab Turkiya hamda Tojikiston pasportiga ega shaxslarni huquqni himoya qilish organlari, federal migratsiya xizmati xodimlari ko‘rgan joyida ushlab ketib, hujjatlarida kamchilik bo‘lmaganlarni ham deportatsiya qilib, majburiy tarzda chiqarib yuboraverdi. O‘shanda “baraka topkur, samolyotlaring boshqa mamlakatlar havo chegaralarini buzib kirgani uchun chora ko‘rishdi, sen nega bu ikki mamlakatdan kelib, qonuniy o‘qib va ishlab yurganlarga yopishasan, ularni deportatsiya qilasan?” deydigan mard topilmadi.

    Mavzuga doir:

    “Portlash ehtimoli yo‘q”. “Chernobil” seriali, haqiqat, mas’uliyat va insoniyat haqida

    “Kinoni reallikka qorishtirmaylik”. Mutaxassis “Chernobil” seriali va O‘zbekistondagi atom energetikasi istiqbollari haqida

    Shamolmi, atommi? Yana AESlar va ekologik energiya haqida

    Aytmoqchi bo‘lganim, Rossiya diplomatik yechim topish mumkin bo‘lgan holatlarda qasos olishda har qanday ishlardan va vositalardan foydalanadi. Shunday ekan, kelajakda AESni qurib biturguncha yoki qurib foydalanishga topshirgandan keyin aloqalar sovuqlashib qolsa, unda nima bo‘ladi? “Yur ketdik” deb mutaxassislarini olib chiqib ketsa nima bo‘ladi? O‘ylashga qo‘rqadi odam.

    Shunday ekan, AES qurilishiga qarshi emasman. Shunchaki u xalqaro ekspertlar nazorati ostida, xalqaro tender o‘tkazilib qurilishi tarafdoriman. AES qurilishida o‘zbilarmonlik qilishga va shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Rossiyaning mantiqsiz shoshqaloq siyosatini inobatga olsak, unga ishonib, keyin qiynalib qolishimiz mumkin.

    Ammo... Ammo oxirgi paytlarda ommani chalg‘itib, men kabilar “O‘zbekistonda AES qurilishiga qarshilar” sifatida ta’riflanayotgani biroz ajablanarli bo‘lyapti. Xususan, bundan ikki kun avval O‘zAda berilgan, “O‘zatom” matbuot xizmati tayyorlagan “‘O‘zatom’ agentligi blogerlar fikrlariga javob berdi” sarlavhasi ostidagi uzundan-uzoq maqolada gap “Nima sababdan bizda atom energiyasi barpo etilyapti?”, “Nega aynan rossiyalik hamkorlar bilan?”, “Xarajat katta va undan qanday iqtisodiy naf ko‘rishimiz mumkin?” kabi savollar bilan boshlanadi, lekin matnda shu savollardan faqat “Xarajat katta va undan qanday iqtisodiy naf ko‘rishimiz mumkin?” degan savolga qisman javob beriladi. Xususan:

    “Biz o‘zimizni elektr energiyasi bilan ta’minlashda davom etamizmi yoxud tinch atom masalasi xususida”

    “Nega Ukraina, Belarus va Yaponiya atom energiyasidan voz kechmagan?”

    “Bizda yangi avlod atom reaktorlaridan foydalaniladi”

    “Energiyaga bo‘lgan ehtiyoj hajmi shu qadar ko‘pki, uni faqat AES berishi mumkin!”

    “Atom energiyasiga sarflangan 1 yevro 5 yevro bo‘lib qaytadi”

    “Uglerodsiz energetika tarmog‘i yaratiladi”

    “Har bir bosqich MAGATE bilan muvofiqlashtiriladi” kabi sarlavhachalarda asosan AESning qanchalik foydali ekani haqida tushuntirish beradi. AES nega xalqaro tender o‘tkazilmasdan Rossiyaga berib yuborilayotgani haqida bir og‘iz ham gap yo‘q. AES, agar xavfsiz ishlata olsak, foydali jihatlarini, O‘zbekistonning energetik mustaqilligi uchun juda muhimligini hammamiz bilib turibmiz. Shu uchun ham aksariyat AES qurilishiga emas, uning qurilishi xalqaro tendersiz Rossiyaga berib yuborilayotganiga qarshi.

    Maqola indallosida mualliflar “Atom stansiyalari elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bunga bo‘lgan zaruratni esa har bir kishi o‘zining misolida tushunishi mumkin. Biroq atom stansiyalari haqidagi tez-tez bo‘lib turadigan bahslarda negadir ularning haqiqiy ahamiyati emas, balki ular tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavf muhokamalarning asosiy mavzusiga aylanadi” deb yozg‘iradi. Xo‘sh, nega odamlar AESning foydasidan ko‘ra xavfini ko‘proq o‘ylaydi, muhokama qiladi? Sababi, AES ishlab chiqargan energiyani boshqa vositalar bilan sal qimmatroq, sal qiyinroq bo‘lsa ham ishlab chiqarsa bo‘ladi. Ammo, Xudo ko‘rsatmasin, AES yetkazgan zarar odamlarga yuz yillar davomida aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois har qanday odam AESning foydasidan ko‘ra xavfini o‘ylashi tabiiy hol.

    Yuqoridagi gaplarni o‘qib, xayolingizga “bu qovoqkallaning o‘zi AES, uning qanday ishlashi, Rossiyaning AES qurilishi bo‘yicha salohiyati haqida ozgina tushunchasi bormikin?” degan fikr kelishi aniq. To‘g‘ri, men AESning qanday ishlashi haqida yuzaki tasavvurga egaman. Rossiyaning AES qurish sanoati haqida esa tushuncham yo‘q. Boshqalarning ham tushunchasi bo‘lmasligi mumkin. Lekin millionlab insonlarning hayotini xavfga qo‘yib AES qurilishini nafaqat Rossiyaga, balki boshqa davlatga ham tendersiz berib yuborilishga asos bo‘lmaydi.

    Ko‘pchilik nimani xohlayapti?

    O‘zbekistonda AES qurilmasin demayapti. Xalqaro tender o‘tkazilishini xohlayapti xolos.

    Endi tushuntira oldim deb o‘ylayman.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    17.06.2019, 17:24   Izoh (0)   59473
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda yomg‘ir va toshqinlar sababli 30 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 10:27

    Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlandi. Nomzodlar kim?

    Dunyo | 3 iyun, 09:58

    YCHL. Eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchilar (top-10)

    Sport | 3 iyun, 09:55

    Taqiq, cheklov va jazolar: Yaponiya imperatorlari qanday yashaydi?

    Shou-biznes | 3 iyun, 09:44

    AQSHda immigratsiya siyosati va chegara nazorati kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 09:38

    Italiyada Etna vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 3 iyun, 09:20

    Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 09:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.