Toshkentdagi 81 ta talabgir maktabning mikrohududida yashaydigan, lekin o‘zining maktabiga kira olmay boshqa maktablarda o‘qishga majbur bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarning soni hozirgi kunda 28 mingdan ortiq. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Vazirga ko‘ra, ularning ushbu maktablarga kira olmagani sababi shu vaqtgacha bu maktablarga asosan boshqa mikrohududlardan tanish-bilish orqali bolalar qabul qilinib, ularga joy yetmay qolganidir.
“Yangi tizim aynan shunday bolalarga qulaylik yaratadi, o‘zining mikrohududidagi maktabga tanish-bilishsiz, bepul kira oladi (avval buni imkoni yo‘q edi!). Bironta bola mikrohududdan qamrab olinmasdan qolishi mumkin emas. Avval shu maktablar mikrohududini to‘liq qamrab olinadi, undan keyin agar joy qolsagina qo‘shimcha kvota bo‘yicha olish mumkin bo‘ladi”, — deydi Shermatov.
Izoh (0)