Vaqtincha Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 29 yoshli U.S.ning uy oldida qarovsiz qoldirilgan Lacetti’sini oynalari ochiq qolganligidan foydalanib, 13-iyun kuni noma’lum shaxs haydab qochgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida mashina Chilonzorning Bunyodkor ko‘chasida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Ushbu jinoyat Yunusobodda yashovchi 20 yoshli A.I. tomonidan sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.
“Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)