“Real” yarim himoyachisi Lukas Vaskening uyiga o‘g‘ri tushdi, deb xabar beradi AS.
Ta’kidlanishicha, futbolchi va uning oila a’zolari uyda bo‘lmagan vaqtda xonadonlariga o‘g‘ri tushgan. Yetkazilgan zarar miqdori ochiqlanmagan.
O‘tgan hafta esa “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda klub yarim himoyachisi Iskoning ham uylariga o‘g‘ri tushgandi. Undan tashqari “Atletiko Madrid” hujumchisi Alvaro Morata ham o‘sha haftaning o‘zida o‘g‘rilardan jabr ko‘rgan.
Qayd etish joiz, avvalroq bunday ko‘rgilikni Jordi Alba, Kevin-Prins Boateng, Karim Benzema, Xoakin, Jerar Pike kabi La Ligada to‘p suruvchi mashhur futbolchilar ham boshdan o‘tkazgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)