Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Yoshlar Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

Xalqaro muloqot maydonida ShHT Yoshlar Kengashining 2018—2019-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni bo‘yicha ma’lumot berilib, 2019—2020-yillarga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.Muhokamalar mobaynida Pokiston va Hindiston yoshlarining ShHT Yoshlar Kengashiga qo‘shilishi, ShHT Yoshlar Kengashining davlat rahbarlariga murojaatini ishlab chiqishi, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari ham o‘rtaga tashlandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi rahbari Qahramon Quronboyev 2020-yilda ShHT qishki oromgohini Toshkentda o‘tkazish hamda Xivada ShHT biznes startapini tashkil etish kabi tashabbuslarni ilgari surdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Qirg‘iziston Sport va yoshlar vaziri bilan muloqot qilib, yoshlar turizmini rivojlantirish va ommaviy sportni targ‘ib etishga qaratilgan musobaqalarni birgalikda o‘tkazishga kelishib oldi.

Foto: Yoshlar media markazi

Foto: Yoshlar media markazi

Majlisda ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqqan holda Shanxay hamkorlik tashkilotining 2019—2020-yillar bo‘yicha 5 ta loyihasi O‘zbekistonda o‘tkaziladigan bo‘ldi. 2019-yilning oktyabr oyida Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida “Startaplar forumi” tashkil etilib, noyabrda PROlogue V xalqaro kinofestivalga ham start beriladi.

Noyabr oyida esa Samarqandda ShHT davlatlari yoshlari o‘rtasida “Do‘stlik uchun!” shiori ostidagi velomarafon bo‘lib o‘tadi. 2020-yilning yanvar oyida ShHT qishki yoshlar oromgohi tashkil etiladi. Bahorning ilk oyida esa Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan havaskor yoshlarning futbol bo‘yicha I chempionati va voleybol bo‘yicha turniri ShHTning O‘zbekistondagi loyihalarini yakunlab beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi