2019-yil 11-iyun kuni Istanbul shahrida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston fuqarosi, 1987-yilda tug‘ilgan Muhayyo Sherdanova halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Ushbu hodisada marhumaning 1976-yilda tug‘ilgan opasi Matluba Sherdonova jabrlangan va hozirda “Qonuniy Sulton Sulaymon” shifoxonasida koma holatida qolmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.