Andijon tumani, Istiqlol mahallasida yashovchi fuqaro I.Sh.ning hammomni yoqish maqsadida gazolin sepib, gugurt yoqishi oqibatida tanasining 95 foizi kuyib ketdi, o‘zi va qo‘shnisining uyi alanga ichida qoldi. Bu haqda Andijon viloyati yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yong‘in-qutqaruv qismiga kelib tushgan xabarga asosan voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaro yashayotgan uyning 40 kvadrat metr shifti, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yongan. Shuningdek, yong‘in qo‘shni xonadonga ham o‘tgan. Natijada qo‘shni oilaning 30 kvadrat metr shift va tom qismi yonib zararlangan. Sh.F.ning farzandi I.Sh. tanasining 95 foizi kuyib og‘ir tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastalabki surishtiruv ishlari davomida yong‘in kelib chiqishining taxminiy sababi I.Sh.ning yashash uyidagi hammomni yoqish maqsadida yengil alangalanuvchi suyuqlik (gaz kondensati) sepib, gugurt yoqishi oqibatida ekanligi taxmin qilinmoqda. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi fuqarolardan e’tiborli bo‘lishni va tegishli qonun qoidalarga rioya qilishini so‘rab qoladi.
Izoh (0)