O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, rejissor Javlon Toshxo‘jayev uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Javlon Toshxo‘jayev 1943-yilning 11-dekabrida Toshkentda tug‘ilgan. 1953-yildan boshlab (10 yoshidan) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalar tahririyatida havaskor diktor, 1960—1974-yillarda oliy toifadagi teleradiorejissor lavozimlarida ishlagan.
Radio fonotekasi “Oltin fondi”da 200 dan ziyod asarlari mavjud. U “Tabassum” radiojurnali, “Dugonajonlar”, “Yoshlik radiostansiyasi” “Alanga” radiojurnallari asoschisidir.
Izoh (0)