Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi finalida Niderlandiyani mag‘lub etib (1:0), musobaqa bosh sovriniga ega chiqdi.
Bu Portugaliya terma sardori Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi 29-sovrin bo‘ldi.
Terma jamoa miqyosida esa Ronalduning sovrinlari 2 taga yetdi. U avvalroq Yevro—2016 musobaqasida ham g‘olib chiqqandi.
34 yoshli futbolchi qolgan barcha sovrinlarini klubdagi faoliyatida qo‘lga kiritgan. “Sporting”da — 1 ta, “Manchester Yunayted”da — 9 ta, “Real Madrid”da — 15 ta, “Yuventus”da — 2 ta.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)