Daryo

Portugaliya terma jamoasi Niderlandiyani mag‘lub etib, Millatlar Ligasining ilk g‘olibiga aylandi (video)

1 daqiqa o‘qish69 164 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasi musobaqasining final uchrashuv 9-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Final bellashuvida Virjil van Deyk sardorligidagi Niderlandiya terma jamoasi Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliya bilan bahsga kirishdi.

O‘yindagi yagona gol 60-daqiqada Gonsalu Gedesh tomonidan kiritildi. “Valensiya” a’zosi Bernardo Silvaning uzatmasini golga aylantirdi. Mazkur gol o‘yin so‘ngiga qadar yagonaligicha qoldi.

Shu tariqa Portugaliya Milllatlar Ligasi musobaqasining ilk g‘olibiga aylandi.

Millatlar Ligasi

Final bellashuvi

9-iyun, yakshanba

Portugaliya—Niderlandiya 1:0

Gol: 1:0 — 60 Gedesh.

Portugaliya — Ruy Patrisiu, Joze Fonte, Rafael Gerreyru, Nelson Semedu, Ruben Diash, Danilo, Vilyam Karvalyu (Ruben Nevesh, 90+3), Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Joau Moutinyo, 81), Gonsalu Gedesh (Rafa Silva, 75), Krishtianu Ronaldu.

Niderlandiya — Yasper Sillessen, Matteys de Ligt, Deyli Blind, Denzel Damfris, Virjil van Deyk, Marten de Ron (Lyuk De Yong, 82), Jorjinio Veynaldum, Frenki de Yong, Stiven Bergveyn (Doni Van De Beek, 60), Rayan Babel (Kuinsi Promes, 46), Memfis Depay.

Ogohlantirishlar: Damfris 88, L.De Yong 90+1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar