UEFA Millatlar Ligasi musobaqasining final bosqichi ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Unga ko‘ra, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan Portugaliya terma jamoasidan 4 nafar, finalchi Niderlandiyadan ham 4 nafar, yarim final ishtirokchilari Angliyadan 1 nafar, Shveysariyadan esa 2 nafar o‘yinchi ramziy terma jamoadan o‘rin oldi.
Millatlar Ligasi ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Jordan Pikford
Himoyachilar: Rafael Gerreyru, Akanji, Ruben Diash, Matteys de Ligt, Mbabu
Yarim himoyachilar: Bernardu Silva, De Roon, Frenki de Yong
Hujumchilar: Memfis Depay, Krishtianu Ronaldu
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)