PSJ bosh shifokori Loran Omon va professor Jerar Sayllant Braziliya terma jamoasi safida jarohat olgan Neymar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Mutaxassislar tomonidan Neymarga oyoqning to‘piq qismi to‘qimalarining uzilishi tashxisi qo‘yilgan. Futbolchi jarrohlik amaliyotiga muhtoj emas. Ammo u yaqin 4 haftani jarohat sabab maydondan tashqarida o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar endi Braziliya terma jamoasi bilan Kopa Amerika musobaqasida ishtirok eta olmaydi. Uning o‘rniga mamlakat bosh jamoasiga “Chelsi” a’zosi Villian taklif etildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)