Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov o‘zining uchinchi jangidan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi “Olamsport”.
“Barchaga rahmat. Raqibim kuchli va chidamli edi. Nokaut esa chiroyli bo‘ldi. Raqibni ko‘p marta yiqitishga harakat qildim, ammo o‘ta qiyin bo‘ldi.Seriyali ketma-ket kuchli zarbalar berish ustida uzoq vaqt ishlagandim va bu yakunda nokautga sabab bo‘ldi.
Men doimo chempionlik jangiga tayyorman. Bu borada ish olib borgandik. Ammo raqiblar rozi bo‘lmadi. Mening tayyor ekanigimini promouterlar ham biladi”, — deydi Madrimov.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)