O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ekologik sifati oshiriladi, ekologik toza transport turlariga o‘tish bo‘yicha jahon tendensiyasini hisobga olgan holda, elektr transport vositalarini ishlatish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratiladi. Bu haqda 7-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” AJ vakillari ishtirokida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi, deb yozadi UZ24.
O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishning yangi konsepsiyasini amalga oshirishda qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida bunga erishiladi.
Brifingda ta’kidlanishicha, konsepsiyaga ko‘ra, 2030-yilgacha aholining yengil avtomobillar bilan ta’minlanganligini 2,3 barobar oshiriladi.
Shu bilan birga, mamlakatning avtomobillashtirish darajasini ming kishi uchun 166 avtomobilga yetkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)