Yaponiyaning Totigi perfekturasida maktab avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 17 kishi jabrlandi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa mahalliy vaqt bilan soat taxminan 08:00 da 4-Milliy avtomagistralda sodir bo‘lgan. YTHda beshta transport ishtirok etgan bo‘lib, ular qatorida maktab avtobusi va yuk mashinasi ham bo‘lgan.
Halokat oqibatida avtobusda bo‘lgan 15 nafar maktab o‘quvchisi, bir nafar o‘qituvchi va avtobusning 65 yoshli haydovchisi kichik jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, avtobusda Nasushiobar shahridagi maktabning 33 nafar o‘quvchisi va uch nafar o‘qituvchi ekskursiyaga ketayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)