Shveysariyalik himoyachi Shtefan Lixtshtayner “Arsenal”ni tark etadi.
“Hurmatli “kanonirlar”, biz ushbu ajoyib jamoa tarixida muhim burilish yasashga yaqin edik.Eslatib o‘tamiz, shveysariyalik 2018-yilda “Arsenal” tarkibiga “Yuventus”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. U ortda qolgan mavsum “to‘pchilar” safida barcha musobaqalarni hisoblaganda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi.Lekin birdamlik… afsuski, buning o‘zi yetarli bo‘lmadi. Buni qabul qilish og‘ir. Men juda xafa bo‘ldim.
Bizning asosiy maqsadimiz — “Arsenal”ni dunyo bo‘yicha yuqori darajaga ko‘tarish hamda sovrinlar yutish edi. Ushbu buyuk jamoa bunga munosib.
Jamoadoshlarimga, murabbiy va uning yordamchilariga, barcha mehmatkash xodimlarga va “Arsenal” muxlislariga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman.
Ishonchim komil, jamoa kelasi mavsum o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erisha oladi! Ushbu klubning bir bo‘lagi bo‘lganimdan xursandman.
Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat. Ko‘rishguncha, Shtefan”, — deb yozadi futbolchi o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)