• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Klopp Pochettinoga, Saloh esa Keynga qarshi. “Real”ning 1099 kun davom etgan hukmronligiga chek qo‘yiladigan YChL finali haqida

    1-iyun oqshomida Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida Yevropa Chempionlar Ligasining yangi g‘olibi aniqlanadi. Shu bilan birga “Qirollik klubi”ning Yevropada 1099 kun davom etgan gegemonligiga ham ramziy ham rasmiy ma’noda yakun yasaladi.

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA

    Madriddagi final katta ehtimol bilan ikki ingliz jamoasining o‘zaro hisob-kitobi sifatida ham yodda qoladi. So‘nggi yillarda Yevrokuboklar borasida omadi chopmayotgan inglizlarning bir yo‘la to‘rt jamoasi 2018/19-yilgi mavsumga (“Manchester Yunayted”ning Yevropa Ligasidagi g‘alabasiga hurmat saqlagan holda) kelib, “qora an’ana”ga barham bera oldi. Bokuda o‘tgan Yevropa Ligasi finalida Londonning ikki jamoasi bellashib, omad “Chelsi” tarafida bo‘lgani hali ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq. Bugun esa “Tottenhem” hamda “Liverpul” Yevropaning eng nufuzli sovrini — “shalpangquloq” kubokning yangi sohibi kim bo‘lishini aniqlab beradi.

    Keling final bellashuvidan oldin biroz jamoalarning hal qiluvchi bahsga qadar bosib o‘tgan yo‘li va uchrashuvga oid qiziqarli faktlar haqida suhbatlashamiz.

    “Tottenhem”

    Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem” guruh bosqichidan amallab o‘tib oldi. Jamoa guruhda “Barselona”, PSV va “Inter” jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi. Pley-off yo‘llanmasi “shporlar”ga so‘nggi turga kelibgina nasib etdi. “Tottenhem” 6-turda “Barselona”ni safarda yengishi kerak edi. Ammo klub durangdan nariga o‘ta olmadi. Biroq parallel kechgan bahsda “Inter” PSVni yuta olmay, London klubining guruhdan chiqishiga ko‘maklashib yubordi. Pochettino jamoasi pley-offga chiqdi. “Inter” esa Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi. “Tottenhem” guruh bosqichini qanday xavotirli o‘tkazgan bo‘lsa, pley-off bosqichi ham bundan kam bo‘lmadi. Jamoa chorak finalda Pep Gvardiolaning “Manchester Siti”ni safarda urilgan gol evaziga mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi. ½ final ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Londondagi o‘yinda “Ayaks” bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bellashuvida Lukas Mouraning so‘nggi daqiqada kiritgan goli “Tottenhem”ni Madridda bo‘lib o‘tadigan final ishtirokchisiga aylantirdi.

    “Liverpul”

    “Liverpul” bosib o‘tgan yo‘l ham “Tottenhem”nikidan qolishmaydi. Jamoa guruhda PSJ, “Napoli” va “Srvena Zvezda” bilan ta’bir joiz bo‘lsa, jang olib bordi. Klopp shogirdlari guruhda safardagi barcha o‘yinni boy berdi. Ammo so‘nggi turda o‘zi uchun kerakli bo‘lgan natijani qayd eta oldi. “Napoli” minimal hisobda mag‘lub etildi va pley-off yo‘llanmasi naqd qilindi. Chorak finalda mersisaydliklar “Portu”ni qiyinchiliksiz (6:1) mag‘lub etdi. Yarim final esa misoli hayot-mamot jangini eslatib yubordi. “Liverpul” safarda Leo Messi yetakchiligidagi “Barselona”ga 0:3 hisobida yutqazdi. “Enfild”dagi javob bellashuvida esa “qizillar” 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘ziga xos tarix yaratgan holda Madrid chiptalariga buyurtma berishdi.

    Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha yetib kelgani yo‘q. Shunday ekan, final bellashuvi ham murosasiz kurashlarga boy bo‘lishiga umid qilib qolamiz.

    Qiziqarli faktlar

    1. “Tottenhem” va “Liverpul” o‘zaro 170 marta to‘qnash kelgan. 79 marta “qizillar”, 48 bora esa “shporlar”ning qo‘li baland kelgan. 43 marta tomonlar durangga rozi bo‘lgan. Gollar nisbati ham “Liverpul” foydasiga 266:195.
    2. Jamoalar 1973-yil Yevrokuboklar tarixidagi o‘zlarning ilk va so‘nggi duelini o‘tkazgan. UEFA Kubogining yarim finali doirasida “Liverpul” “Tottenhem”ni safarda urilgan gol evaziga (1:0, 1:2) mag‘lub etib, finalga chiqqandi.
    3. Tomonlar umuman final doirasida faqat bir marta o‘zaro duch kelgan. Xususan, 1982-yil Angliya Superkubogi doirasida “Liverpul” “Tottenhem”ni 1:0 hisobida taslim etgan va sovrinni o‘ziniki qilgan.
    4. Bu uchrashuv Pochettino va Kloppning o‘zaro 10-to‘qnashuvi bo‘ladi. Hozirgacha Klopp jamoasi bilan 4 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Pochettino hisobida esa atigi bitta g‘alaba mavjud. 4 ta bellashuvda esa durang qayd etilgan.
    5. Ikkala murabbiy ham Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqmagan. Ulardan bir bugun bu “an’ana”ga barham beradi.
    6. “Tottenhem” Chempionlar Ligasi finalida ilk marta o‘ynaydi.
    7. “Liverpul” safida Chempionlar Ligasida avval g‘olib chiqqan 2 nafar futbolchi bor — Starrij (2012-yil, “Chelsi” bilan) hamda Shakiri (2013-yil, “Bavariya” bilan).
    8. “Tottenhem”da esa bunday o‘yinchi yo‘q.
    9. Bu Madrid mezbonligida o‘tayotgan beshinchi Chempionlar Ligasi finalidir (1957, 1969, 1980, 2010 — barcha finallarga “Santyago Bernabeu” mezbonlik qilgan).
    10. Sissoko (“Tottenhem”) va Veynaldum (“Liverpul”) uch yil oldin “Nyukasl” safida APLdan Chempionshipga tushib ketgandi, endi esa ular bir-biriga qarshi Chempionlar Ligasi finalida maydonga tushadi.

    Taxminiy tarkiblar

    “Tottenhem”: Lyoris, Trippier, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Vanyama, Sissoko, Eriksen, Alli, Son, Keyn

    “Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Virjil van Deyk, Robertson, Fabinyo, Henderson, Veynaldum, Saloh, Firmino, Mane.

    Finaldan oldingi fikrlar

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA
    Biz o‘yindan rohatlanishga to‘liqligicha tayyormiz. Bir-birimizni yaxshi bilamiz. O‘zimizga ishonamiz. Eng asosiysi — o‘z ishimizni yaxshi kayfiyat bilan qila olishimiz. “Liverpul” juda yaxshi jamoa. “Siti” va “qizillar” Angliyaning eng yaxshi ikki jamoasi. Ular APL bosh sovrini uchun oxirigacha kurashdi, ammo Chempionlar Ligasida ham qoyilmaqom o‘ynaganini ham qayd etish joiz. Bu fantastik murabbiy Yurgen Kloppning xizmatlari ekani, shubhasiz. Biz uchun eng muhim g‘alaba. Futbol tarixiga kirishni istaymiz. Nima qilish kerak ekanligini yaxshi bilamiz.Maurisio Pochettino, “Tottenhem” bosh murabbiyi

    Foto: UEFA

    Foto: UEFA
    Faoliyatimni omadsiz deb bo‘lmaydi. 2012-yildan boshlab, agar 2017-yilni hisobga olmasak, har mavsum finallarda ishtirok etdim. Balki, yarim finallarda g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchidirman. Agar bu haqida kitob yozadigan bo‘lsa, hech kim uni sotib olmasdi (kuladi). Odamlar bizning favorit ekanligimizni aytayotganidan xabarim bor. Ammo o‘yindan oldin hech qaysi jamoada ustunlik yo‘q ekanligini ta’kidlash lozim. Kuchlar teng.

    Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

    Uchrashuv boshlangunga qadar esa qirg‘iz yoshlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarida Chempionlar Ligasi madhiyasini ijrosini eshitib, tomosha qilib baho berish imkoniyatingiz mavjud, aziz muxlis!

    Yevropa Chempionlar LigasiFinal bellashuvi

    1-iyun, shanba

    “Tottenhem”—“Liverpul” 00:00

    Stadion: Madriddagi “Vanda Metropolitano”

    Uchrashuv bosh hakami: Damir Skomina (Sloveniya)

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    01.06.2019, 21:26   Izoh (0)   24686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” va “Arsenal” sobiq o‘yinchisi 35 yoshda avtohalokat sabab vafot etdi

    01.06.2019, 16:35

    Rasman: Antonio Konte “Inter”ga bosh murabbiy bo‘ldi

    31.05.2019, 10:00

    Ruslan Nuriddinov Londondagi Olimpiada o‘yinlarida taqiqlangan modda qabul qilganlikda aybdor deb topildi

    28.05.2019, 10:01

    Otabek Umarov: “Habib Nurmagomedov o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna”

    27.05.2019, 08:28

    “Akalarga rahmat”: Habib Nurmagomedov Toshkentga iftorlikka keldi va Mirziyoyev kuyovlari bilan uchrashdi (foto)

    26.05.2019, 10:25

    O‘zbekistonning eng kuchli odami yangi rekord o‘rnatdi (video)

    19.05.2019, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.