Toshkentning “Humo” xokkey jamoasi vitse-prezidenti Kirill Matveyev Rossiyaning Sochi shahrida 31-may kuni Oliy xokkey ligasining (VXL) mavsum yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi.
Tadbirda Matveyev 2019/20-yilgi mavsum Oliy xokkey ligasida ishtirok etadigan “Humo” jamoasi taqdimotini o‘tkazdi. U yig‘ilganlarga klub infrastrukturasi, moddiy-texnik bazasi haqida hikoya qilib berdi. Yig‘ilishda, shuningdek, “Humo”ning yangi direktori Normunds Seys ham ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida Liga taqvimi va tuzilishi iyulda ma’lum qilinishi e’lon qilindi.
Izoh (0)