Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor R.Kamolovdan undiruvchi M.Sobirovga Spark avtomashinasini qaytarib berish belgilangan. Biroq, fuqaro buni paysalga solib, turli bahonalar bilan mashinani qonuniy egasiga qaytarib bermagan, deb Majburiy ijro byurosi “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Mazkur sud ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan ham ijro harakatlari olib borilgan. Ijro harakatlari davomida shu ma’lum bo‘ldiki, Spark avtomashinasi taqiqqa olingan bo‘lib, qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida qidiruvda bo‘lgan transport vositasi qarzdor R.Kamolovning tanishi S.Tursunovda ekanligi aniqlandi. Joriy yilning 2-may kuni ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Spark avtomashinasi topilib, qonuniy egasiga qaytarildi.
Izoh (0)