Apple kompaniyasi iTunes servisini yopishga qaror qildi. Uning o‘rniga musiqa, film va boshqa kontentlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan alohida servislar ishga tushiriladi, deb xabar berdi “Kommersant”.
Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, servisni yopish to‘g‘risidagi qaror 3-iyun kuni, Apple dasturchilari uchun har yili o‘tkaziladigan Worldwide Developers Conference anjumani doirasida e’lon qilinadi.
iTunes servisi 2001-yilda ishga tushirigan bo‘lib, Apple gadjetlari foydalanuvchilari undan musiqa, film va boshqa kontentlarni xarid qilishlari mumkin edi. Endilikda Music, TV hamda Podcasts nomli alohida dasturlar taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.
iTunes’dan voz kechish — strimming servislarning video va musiqalarni tarqatishiga javobdir. Apple anchadan buyon o‘zining musiqiy servisi — Apple Music’ga ega va mart oyida korporatsiya AppleTV+ strimming servisini taqdim etgandi.
Izoh (0)