“Real” sobiq hujumchisi Raul klubning zaxira jamoasi bo‘lmish “Kastilya”ga bosh murabbiy bo‘ladi. Bu haqda AS xabar berdi.
41 yoshli ispaniyalik jamoa Segundaga (La Ligadan keyingi o‘rinda turuvchi musobaqa) qaytadimi yoki yo‘q “Kastilya”da ish boshlaydigan bo‘ldi.
“Kastilya” joriy mavsum mamlakatning 3-divizioni hisoblangan Segunda B da o‘ynadi. Jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egalladi va Segundaga chiqish imkoniyatini taqdim etuvchi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Raul ayni damda “Qirollik klubi”ning yoshlar jamoasiga ustozlik qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)